Maktab haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Romitan sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni bilan Romitan tuman 1-son kasb-hunar maktabi sifatida tashkil etildi.

Kasb-hunar maktabi 720 o‘rinli, umumiy maydoni 5,9 ga ni tashkil etadi, 100 o‘rinli oshxona va 100 o‘rinli yotoqxona, sport zali hamda sport maydonchalari, Axborot-resurs markazi hamda “BOOK CAFE” (KITOB KAFE) mavjud.

Kasb-hunar maktabi Koreya krediti asosida “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” ustaxona jihozlari, Polsha krediti asosida “Tikuvchilik ishlab chiqarish” ustaxona jihozlari, davlat byudjeti asosida “Metallarga ishlov berish”, “Chilangarlik ishi”, “Elektrchilangarlik ishlari”, “Elektrmontaj ishlari”, “Payvandlash ishlari”, “Umumqurilish ishlari” ustaxona jihozlari bilan ta’minlangan.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “Avtotransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori talablari asosida “Avtomobil tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xonasi”, “Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi xonasi”, “Yakuniy test imtihonlarini o‘tkazish xonasi” hamda avtomobillarni yakka tartibda boshqarish bo‘yicha avtomobil mashq maydoni (avtodrom) tashkil etilgan bo‘lib, tegishli o‘quvchilarga “V” yoki “VS” toifali avtomobil haydovchisi toifalari berish huquqi beriladi.