Yangi professional ta’lim tizimi yangi nigohlarda

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan kasb-hunar ta’lim tiziminitubdan isloh qilish va takomillashtirish borasidagi farmonlari yangi professional ta’lim tizimini joriy etish xalqimiz manfaati yo‘lida yoshlarimizni bilimli, kasb-hunarli qilishgadasturi amal bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim. Shu maqsadda viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bosh uslubchi maslahatchisi A.Ubaydullayev tashabbusi bilan Jondor tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Yangi professional ta’lim tizimi yangi nigohlarda” mavzusida viloyat miqyosida seminar-trening targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Seminar – trening targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan maqsad dars jarayonida professional ta’lim tizimini joriy qilish.Amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda turli interfaol metodlar va innovatsion ta’lim texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llab o‘quvchilarni bilim ko‘nikma malakalarini oshirishdan iborat.

Seminar –treningda viloyatda faoliyat olib borayotgan 63 ta kasb-hunar kollejlarining direktor va direktor o‘rinbosarlari shuningdek ilg‘or pedagogik tajribaga ega bo‘lgan 50 dan ortiq o‘qituvchilar ishtiriok etdilar.

Shu o‘rinda Prizidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Biz iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak” degan jumlalari sifatli, kasb-hunar sirlarini puxta o‘rgangan mutaxasislarni tayyorlashimizda zamin yaratadi deb ta’kidlaydiviloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bosh uslubchi maslahatchisiA.Ubaydullayev.

Shuningdek ushbu ta’lim muassasasida Ingliz tili fani o‘qituvchisi G.O. Davronova “Coping with stress” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Bunda o‘qitish, eshitish, tinglash va yozuv ko‘nikmalarini birlashtirgan holda namunali ochiq dars mashg‘ulotini o‘tkazdi.